1 828
Toshkent viloyati YHXB karantin payti shaxsiy «dacha»larga ham chiqishga ruxsat yo‘qligini ma’lum qildi
Foto: Toshkent viloyati IIBB YHXB
Toshkent viloyati IIBB YHXB barcha fuqarolarga Bo‘stonliq tumanidagi dam olish maskanlari yopilganligini, fuqarolar karantin payti hatto o‘z shaxsiy dala hovlilariga ham bora olmasliklarini, yo‘llarda vaqtinchalik postlar tashkil etilganligini eslatib o‘tdi.
«To‘g‘ri, kun isib borgani sari tog‘li hududlarga chiqish istagida bo‘lganlar soni ham ortib boraveradi. Karantin, ishga bormayapmiz, shunday vaqtda soya-salqindagi dala hovlimizga chiqib ketib, oilaviy dam olamiz deydiganlar soni ham o‘sadi. Ammo karantin o‘z nomi bilan karantin. Bekorga uyda qoling, ko‘chaga chiqmang, degan chaqiriqlar kun tartibiga chiqayotgani yo‘q», — deya viloyat YHXB fuqarolarni, ayniqsa dam olishga ishqibozlarni to‘g‘ri tushinishga chaqirdi.
Shuningdek, tog‘li hududlarga olib boradigan avtomobil yo‘llari karantin sabab vaqtinchalik yopilgani va transport vositalari harakati to‘xtatilgani eslatib o‘tildi.
«Sarsongarchiliklarga uchramay desangiz, ancha yo‘l bosib, yarim yo‘ldan ortga qaytishni istamasangiz, karantin talablariga rioya eting. Uyda qoling, dam olishni uyda, oila davrasida ham o‘tkazsa bo‘ladi», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining 8 iyuldagi qarori bilan O‘zbekistonda 10 iyuldan 1 avgustga qadar karantin cheklovlari qaytadan kuchaytirildi. Shu sababli avtotransport harakati cheklandi. Faqat kunning muayyan vaqtidagina tegishli hududlar doirasida harakatlanishga ruxsat beriladi.
Shuningdek, bir qator ob’ektlar faoliyati, jumladan, parklar, buyum bozorlari, basseynlar, bog‘chalar, umumiy ovqatlanish ob’ektlari, bolalar oromgohlar, plyajlar va boshqa dam olish maskanlari faoliyati to‘xtatildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi
AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?
Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor”
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?