08:50 / 17.07.2020
4 330

G‘aniyev karamchi Hojiakbarni o‘z bag‘riga bosib, yana "qovun tushirib qo‘ydi"...

G‘aniyev karamchi Hojiakbarni o‘z bag‘riga bosib, yana "qovun tushirib qo‘ydi"...
Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati
Farg‘ona viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev 16 iyul kuni Buvayda tumanida bo‘lgan chog‘ida mahalliy aholi vakillaridan bo‘lgan bolani karantin qoidalariga zid ravishda bag‘riga bosgani ma’lum bo‘ldi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Buvayda tumanida 2020 yil hozirgacha 281 gektar g‘alladan bo‘shagan yer oilalarni kambag‘allikdan chiqarishning samarali yo‘llaridan biri sifatida takroriy ekin ekib foydalanish uchun maktab bitiruvchilari, ishsiz yoshlar hamda «temir daftar»dagi oilalarga berilgan.

Shuhrat G‘aniyev ushbu tumanning Qo‘ng‘irot MTP hududidagi «Qo‘ng‘irot zamin ko‘rki» fermer xo‘jaligining g‘alladan bo‘shagan maydonlarida aholi vakillari, bitiruvchi yoshlar bilan suhbatlashgan.

Viloyat hokimi dastlab Inomovlar oila a’zolari bilan suhbatlashgan. Oilaning kenjasi Xojiakbar Inomov dadil-dangal javoblari bilan Shuhrat G‘aniyevni hayron qoldirgan. Bolaning so‘zlaridan keyin karantin qoidalariga zid ravishda uni bag‘riga bosgan.

«Karamlarning turi ko‘p. Gulkaram, toshkaram, salatkaram... Biz toshkaram navidan ekdik, — deydi Xojiakbar. – Yerimizning bir qatorida 280 bosh karam ko‘chati, ajratilgan 10 sotixda esa 20 ta qator bor. Demak 5600 bosh karam olamiz. Endi, bozorda bir boshi 2 ming so‘m bo‘lganida ham... o‘-ho‘, 10 milliondan oshar ekan daromad. Hamma kulib yubordi. G‘aniyev Hojiakbarni bag‘riga bosdi», — deyiladi hokimlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov 3 iyun kuni bo‘lib o‘tgan brifingda karantindan chiqqan fuqaro bilan qo‘l berib ko‘rishish masalasiga ham to‘xtalib o‘tib, nafaqat karantin zonadan kelganlar bilan, balki boshqa insonlar bilan ham qo‘l berib, quchoqlashib, bosh urishtirib va o‘pishib ko‘rishish mumkin emasligini ta’kidlagandi.

Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov «O‘zbekiston 24» telekanali efirida «Hatto oilada ham quchoqlashib ko‘rishmang. Hamma bilan masofada gaplashing», — deb aytgan edi.

O‘zbekistonda aholi orasida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish holatlari ortib borayotgan paytda SSV karantin qoidalariga, jumladan, ijtimoiy masofani saqlash, ya’ni qo‘l berib yoki quchoqlashib ko‘rishishdan tiyilish, jamoat joylarida to‘planmaslik, ayniqsa, yoshlarning zaruratsiz ko‘chaga chiqmasligi va boshqa shu kabi qoidalarga qat’iy amal qilishga chaqirgan.

«Koronavirus Info» kanali O‘zbekiston sharoitida COVID-19 yuqtirib olish xavfi yuqori bo‘lgan maskanlar hamda mashg‘ulotlar haqida to‘qqizlik reyting tuzib chiqqan, unda qo‘l berib yoki quchoqlashib ko‘rishish yettinchi o‘ringa kiritilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » G‘aniyev karamchi Hojiakbarni o‘z bag‘riga bosib, yana "qovun tushirib qo‘ydi"...