09:36 / 18.07.2020
4 740

Ali Vafo rolini qoyilmaqom qilib ijro etgan mashhur aktyor Taner Olmez haqida

Ali Vafo rolini qoyilmaqom qilib ijro etgan mashhur aktyor Taner Olmez haqida
Ko‘pchilikning qalbidan joy olgan “G‘aroyib doktor” turk serialida Ali Vafo rolini ijro etgan Taner Olmez 1986 yil 9 avgusda Tuncelida tavallud topgan. Asli Tuncelikdir. U 6 yoshida oilasi bilan birgalikda Istanbul shahriga ko‘chib kelishgan. U Istanbul Davlat Konservatoriya universitetining teatr bo‘limida tahsil olgan.

U dastlabki aktyorlik faoliyatini 2009 yilda boshlagan. Taner Olmez ko‘plab mashhur turk filmlarida suratga tushgan. U har bir rolini maromiga yetkazib ijro etadigan yosh iste’dodli aktyordir.

Uning bo‘yi 1.79 metr, vazni 65 kg, arslon burjiga mansub shaxs. Taner Olmez maftunkor turk aktrisasi Yece Cesmioglu bilan 2017 yildan buyon uchrashib yurishadi. Ularni hozirda baxtli juftliklardan biri desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ali Vafo rolini qoyilmaqom qilib ijro etgan mashhur aktyor Taner Olmez haqida