13:31 / 18.07.2020
2 410

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda
Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan hududdagi ishsiz, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro sifatida tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi.

– Xotin-qizlarni o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro sifatida tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan tizimli ishlar natijasida 1 213 nafardan ortiq ayollar ishli bo‘lidi, – deydi viloyat DSB bo‘lim boshlig‘i Ixtiyor Qosimov.

– Shuningdek, ularning 54 nafariga 1,3 milliard so‘mlik imtiyozli kredit olishda yordam berildi. Jumladan, 27 nafariga tikuv mashinalari uchun 283,6 million so‘m, 11 nafariga choravachilik uchun 263,9 million so‘m, 6 nafariga asalarichilik uchun 80,5 million so‘m, 3 nafariga parrandachilik uchun 40,6 million so‘m, 3 nafariga milliy shirinliklar tayyorlash asbob-uskunalari uchun 92,3 million so‘m kredit olishda ko‘maklashildi.

Masalan, Buxoro shahridagi “Otbozor” MFYda istiqomat qiluvchi Feruza Latipova hamda Muhabbat Nurovalarga tomorqasiga issiqxona qurishlari uchun 25 million so‘mdan imtiyozli kredit olishda amaliy yordam berildi.
Hozirda 4-sektor tomonidan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Buxoro viloyati DSB Matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda