22:59 / 18.07.2020
7 301

Barchaga mashhur go‘zal turk aktrisasi Eda Eche haqida nimalarni bilasiz?

Barchaga mashhur go‘zal turk aktrisasi Eda Eche haqida nimalarni bilasiz?
O‘zining latofati bilan barchani o‘ziga rom qilgan Eda Eche 1990 yil 20 iyunda Istanbul shahrida tavallud topgan. Eche Shishli Terakki litseyini tamomlagan. Litseyni tamomlagach, Istanbuldagi Bilgi universitetining psixologiya fakultetida tahsil oldi. Qolaversa, u yerda san’at tarixi fanidan ham saboq olgan.

So‘ng, o‘z ish faoliyatini San’at galereyasida davom ettirdi. Maktab yillarida u teatr klubining a’zosi bo‘lib, o‘z sahna ko‘rinishlarini namoyon etgan. Eda Eche bir qancha turk filmlari hamda teleseriallarida turli xil rollarni mahorat bilan ijro etgan. Hozirda “Qora niyat” nomli turk teleserialida bosh qahramon Yildiz rolini qoyilmaqom qilib ijro etmoqda.

Eda Echening shaxsiy hayotiga nazar soladigan bo‘lsak, u Ferman Akgul bilan 2013 yildan buyon uchrashib yuradi. Eda Eche hozirda 30 yoshni qarshi olgan bo‘lsa-da, Fermen Akgulning yoshi aniq aytilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Barchaga mashhur go‘zal turk aktrisasi Eda Eche haqida nimalarni bilasiz?