4 076
«‘Tepa’dagilar ko‘rmi, karmi, bilmadim». Rejissyor Sarvar Karimov adoyi tamom bo‘lgan shifokorlarni asrashga chaqirdi
O‘zbekistonlik kinorejissyor Sarvar Karimov 17 iyul kuni otasi koronavirusdan vafot etgani va tibbiyot sohasini qattiq tanqid qilgani, shundan so‘ng u koronavirusga chalingan oilasi bilan Nuroniy sanatoriysida davolanish uchun yotqizilgani haqida xabar berilgan edi. U 18 iyul kuni o‘z sahifasida sihatgohdagi vaziyat haqida yozib qoldirdi.
Sarvar Karimov mazkur tvitida shifokorlar holdan toygani va butun shifoxonada atigi 3-4 kishi borligi haqida yozgan. «Kattakon»larga esa shifokorlarni asrashni maslahat bergan.
«Menga hamdardlik bildirgan va sabr tilagan barchaga rahmat. Hozir Nuroniy sanatoriysida davolanyapmiz. Vrachlar juda kam, butun shifoxonaga atigi 3-4 kishi. Qo‘ldan kelgancha yordam berishyapti, ammo ularga ham qiyin. Charchab, adoyi tamom bo‘lgan hammasi. Shifokorlarni asrang, kattakonlar», — deb yozadi Sarvar Karimov.
Tviti davomida kinorejissyor shifokorlarga va’da qilingan pullar berilmaganini ta’kidlab o‘tgan. Sarvar Karimov ularga sabr tilab, minnatdorchiligini bildirgan.
«Va’da qilingan millionlar berildimi, opa, desam indamay pastga qarab qo‘yishdi... Ko‘pchilik vrachlar ishga chiqmay qo‘yishgan, ishlayotganlarga faqat sabr tilash mumkin. O‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, yana hamma bemorlarning ta’nasini eshitib, tishni tishga qo‘yib ishlashyapti. Baraka topishsin», — deydi u.
Shuningdek, kinorejissyor «tepadagilar»ni tanqid qilib, yarim yil davomida ushbu holatga tayyorgarlik ko‘rilmaganidan hayron ekanini bildirgan.
«Yaxshiyam dabdurustdan yer qimirlamadi, osmondan kometa tushmadi. Yarim yildan buyon butun dunyo ko‘rib turibdi nimalar bo‘layotganini. ‘Tepa’dagilar ko‘rmi, karmi, bilmadim... Shuncha payt tayyorgarlik ko‘rish o‘rniga nima qilishdi ekan, hayronman. Xudodan ularga insof so‘raylik, yaxshilar», — deb fikrlarini tugatgan kinorejissyor. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib"
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi
Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi