4 012
Samarqandda qizlarni chet elga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan jinoiy guruh fosh etildi
Foto: Samarqand viloyat IIB
DXX Samarqand viloyat boshqarmasi hamda viloyat IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari yosh qiz-juvonlarni xorijga fohishalikka yuborib kelgan jinoiy guruhni fosh etdi.
Bu haqda Samarqand viloyat IIB axborot xizmatiga Samarqand tumani «Arabxona» mahallasida yashovchi Guli ismli fuqaro (barcha ismlar o‘zgartirilgan) o‘zining jinoiy sheriklari bilan yosh qiz-juvonlarni Turkiyaga yuborib, ulardan shahvoniy maqsadda foydalanib, moddiy daromad orttirib kelayotganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan.
Mazkur ma’lumot asosida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda tumanning «Yuqori Turkman» mahallasi hududida 1990 yilda tug‘ilgan Sarvinoz 1991 yilda Toyloq tumanida tug‘ilgan ikki nafar farzandi bor Dildorani Turkiya davlatiga yuborib, undan shahvoniy maqsadda foydalanishni maqsad qilgan fuqarodan 1600 dollar pulni olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi