09:09 / 20.07.2020
1 930

Qabul–2020: So‘nggi kun oldidan 1,3 milliondan ortiq abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi

Qabul–2020: So‘nggi kun oldidan 1,3 milliondan ortiq abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi
2020 yil 19 iyul kuni soat 18:00 holatiga respublika bo‘yicha jami 1 million 323 ming 384 nafar (joriy yilgi bitiruvchilar — 510 572 nafar) abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, shundan, ta’lim shakli bo‘yicha:
· kunduzgi — 733 951 nafar;
· sirtqi — 558 124 nafar;
· kechki — 31 309 nafar.

Hududlar miqyosida:
1. Toshkent shahri — 360 598 nafar;
2. Samarqand viloyati — 125 048 nafar;
3. Farg‘ona viloyati — 101 295 nafar;
4. Andijon viloyati — 96 401 nafar;
5. Qashqadaryo viloyati — 87 995 nafar;
6. Surxondaryo viloyati — 80 591nafar;
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 74 377 nafar;
8. Toshkent viloyati — 70 246 nafar;
9. amangan viloyati — 69 964 nafar;
10. Jizzax viloyati — 63 901 nafar;
11. Buxoro viloyati — 59 143 nafar;
12. Xorazm viloyati — 50 308 nafar;
13. Navoiy viloyati — 42 794 nafar;
14. Sirdaryo viloyati — 37 723 nafar.

Tillar kesimida:
· o‘zbek tilida — 1 157 573 nafar (87,6 foiz)
· rus tilida — 123 503 nafar (9,3 foiz)
· qoraqalpoq tilida — 39 429 nafar (2,9 foiz)
· boshqa tillarda — 2 879 (0,2 foiz).

Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan oliy ta’lim muassasalari:
· Samarqand davlat universiteti — 67 405 nafar;
· Andijon davlat universiteti — 52 300 nafar;
· Qarshi davlat universiteti — 51 733 nafar;
· Termiz davlat universiteti — 46 251 nafar;
· Namangan davlat universiteti — 46 223 nafar.

Eslatib o‘tamiz, bugun — 20 iyul abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazishning so‘nggi kuni.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qabul–2020: So‘nggi kun oldidan 1,3 milliondan ortiq abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi