2 318
Nurmat Otabekov: “Hamma yoppasiga tekshirtiraman desa, biz tibbiyotimizni tanazzulga uchratamiz”
Foto: Xalqaro press-klub
Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida koronavirusga qarshi kurash va pandemiya davrida aholini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilinmoqda. Sessiyada ishtirok etayotgan Vazirlar mahkamasi huzuridagi sanitariya-epidemiologik nazorat davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov shunday dedi:
– Hozir biz COVID-19ga chalingan kimni ahvoli o‘ta og‘ir holatda bo‘lsa, birinchi o‘rinda o‘sha inson tahlilini amalga oshirishimiz kerak. Shunaqa qaror qabul qilindiki, bundan buyon avvvalo tahlil natijalariga emas, bemorning umumiy holatiga qaraladi. Ochig‘ini aytsam, hammani davolash imkoni bor desak xato bo‘ladi. Bu murakkab masala. Bugunda tibbiyot tizimidagi 75 ming shifokor, 440 minga yaqin o‘rta tibbiyot xodimlari koronavirusga qarshi kurashishga safarbar qilingan.
Lekin xalq bu harakatni boshida bo‘lmasa, jarayonni asosiy ishtirokchisiga aylanmasa, ularni qo‘lidan hech narsa kelmasligi mumkin. Chunki birlik tartib-qoidalarga amal qilinmasa yaxshi natijalarga erisha olmaymiz. Aytishim kerakki, epidemiologik jarayonni uchta bo‘g‘ini bor: manfaat, yuqish yo‘li va yuqtirib oluvchi shaxs. Agar biz qaysi birini “o‘yin”dan chiqarsak, kasallikni jilovlash imkoniyatiga ega bo‘lamiz. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi
Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar