18:20 / 20.07.2020
2 313

Yuk mashinasidagi nayrang fosh bo‘ldi

Yuk mashinasidagi nayrang fosh bo‘ldi
Tovar moddiy boyliklarning bojxona chegarasi orqali noqonuniy tarzda olib o‘tilishini oldini olish borasida bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda ishlar olib borilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Dout-ota” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro B.A. boshqaruvidagi “DAF” rusumli yuk avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, tirkamaning ostki qismida umumiy qiymati 21 million so‘mlik 2250 metr «Osma shiplar uchun yo‘naltiruvchi” tovarlari hamda
6 o‘ramda jami 1858 metr “osma shiplar uchun rezina” tovarlari yashirilganligi aniqlandi.

Mazkur postning o‘zida yana bitta holatda, fuqaro I.P. boshqaruvidagi “MAN” rusumli yuk avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan va bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan umumiy qiymati 17 million so‘mlik jami 1750 metr “Osma shiplar uchun yo‘naltiruvchi” hamda 6 o‘ramda jami 1584 metr “osma shiplar uchun rezina” tovarlari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yuk mashinasidagi nayrang fosh bo‘ldi