14:02 / 21.07.2020
2 317

Namanganda bosqinchilik jinoyatini sodir etgan shaxslar ushlandi (foto)

Namanganda bosqinchilik jinoyatini sodir etgan shaxslar ushlandi (foto)
2020 yil 7 iyul kuni soat 04:00da Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani IIBga xabar tushgan, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti ma’lumotida.

Foto: Tergov departamenti
Unga ko‘ra, shu kuni soat 03:00larda “Buramatut” MFY, Yangiobod ko‘chasi uylarning biriga 4 nafar noma’lum shaxs yuziga ayollar paypog‘ini niqob sifatida kiyib, uyning devor qismini buzish orqali kirib, temir bo‘lagi va oshxona pichog‘i bilan qurollanib xonadonda bo‘lgan uy egasi, uning turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandlariga hujum qilib, ularning qo‘l va oyoqlarini ip bilan bog‘lab, temir bo‘lagi bilan urib, pul berishni talab qilgan.

Qayd etilishicha, ular xonadonda bo‘lgan 11.400 AQSH dollari, 100.000.000 so‘m naqd pullarni hamda 61.390.000 so‘mlik turli ko‘rinishdagi tilla buyumlarini bosqinchilik yo‘li bilan talon-toroj qilib, hodisa joyidan noma’lum tomonga yashirinishgan.

Hodisa joyiga zudlik bilan tergov-tezkor guruhi chiqib, holatni sinchiklab o‘rganib bir qator izlar va ashyoviy dalillar rasmiylashtirib olingan.

Bu orada sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlanib, uy egasi I.O‘.da peshona suyagining ochiq sinishi, bosh miya to‘qimalarining lat yeyishi ko‘rinishidagi jarohatlar mavjudligi, turmush o‘rtog‘i M.X.da esa peshona va ensa sohasida ezilgan jarohatlar mavjudligi aniqlangan.

Mazkur holat bo‘yicha noma’lum shaxslarga nisbatan 07.07.2020 yilda To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituviga olingan.

Olib borilgan tergov va tezkor qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni 53 yoshli G‘.Q., 44 yoshli U.Yu., 29 yoshli J.T. va 35 yoshli Sh.T. sodir etilganligi aniqlanib, barchasi protsessual tartibda ushlangan.

O‘z navbatida G‘.Q.ning yashash manzilidan, tintuv davomida bitmagan xona devorining g‘ishtlari orasida 70.000.000 so‘m pul, 10.000 AQSH dollari hamda yerga ko‘mib qo‘yilgan tilla taqinchoqlar ashyoviy dalil tariqasida xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda bosqinchilik jinoyatini sodir etgan shaxslar ushlandi (foto)