14:48 / 21.07.2020
3 401

Qoraqalpog‘istonda ekinlari suvsiz qolgan aholi Nukus—Toshkent magistral yo‘lini to‘sib qo‘ydi (video)

Qoraqalpog‘istonda ekinlari suvsiz qolgan aholi Nukus—Toshkent magistral yo‘lini to‘sib qo‘ydi (video)
Kadr: YouTube
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida bir guruh fuqarolar suv tanqisligidan norozi bo‘lib, Nukus—Toshkent magistral yo‘lini to‘sib qo‘ydi. Bu haqda Telegram’dagi «Qoraqalpoq24» kanali xabar berdi.

«Xabar.uz»ning yozishicha, norozilik Beruniy tumanining ko‘pgina qishloqlarida aholi tomorqasini sug‘orishi uchun suv tanqisligi kuzatilayotgani sabab yuzaga kelgan. Natijada tomorqaga ekilgan ekinlar jazirama issiqda qovjirab quriy boshlagan.

«Ayrim mahallalarda esa odamlar ‘kachalka’ quduqlardan ichimlik suvi iste’mol qiladi. Qoramollar esa ariqlardagi suvdan sug‘oriladi. Suv kelmay qo‘ygach, ayrim xonadonlarda chorva mollarining kasallanish holati ko‘paygan», — deyiladi xabarda.

Fuqarolarning bir necha soat davomida Nayman ko‘prigi yaqinida magistral yo‘lni to‘sishi natijasida uzundan uzoq tirbandlik hosil bo‘lgan. Voqealar rivoji haqida aniq ma’lumotlar mavjud emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qoraqalpog‘istonda ekinlari suvsiz qolgan aholi Nukus—Toshkent magistral yo‘lini to‘sib qo‘ydi (video)