Koronavirusni oddiy shamollash yoki grippdan qanday farqlash mumkin?

Ushbu savolga Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti UASH malakasini oshirish kafedrasi professori, SSV Bosh umumiy amaliyot shifokori Mashkura Zohidova javob berdi:
— Koronavirus kasalligida ko‘p uchraydigan ayrim erta belgilar shamollash va gripp kasalligi belgilariga o‘xshaydi. Bular: tana harorati ko‘tarilishi, umumiy holsizlik, ishtahaning yo‘qolishi, mushaklardagi og‘riq, ta’m va hid sezmaslik. Biroq koronavirus o‘rta og‘irlik va og‘ir kechishida kasallikning 5-7 kuniga tana haroratining 38-39 S dan oshadi, nafas olish yetishmovchiligi, hansirash paydo bo‘ladi, oddiy shamollash va grippda esa — aksincha 3-4 kundan keyin bemor ahvoli yaxshilana boradi.
Bundan tashqari koronavirus kasalligini aniq tashxislash uchun epidemiologik anamnez, PZR tekshiruvi javobi musbat bo‘lishi, kislorod saturatsiyasi 95% dan kamayishi, KTsida xarakterli «bug‘li oyna» simptomi kuzatilishini inobatga olishimiz kerak.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!— Koronavirus kasalligida ko‘p uchraydigan ayrim erta belgilar shamollash va gripp kasalligi belgilariga o‘xshaydi. Bular: tana harorati ko‘tarilishi, umumiy holsizlik, ishtahaning yo‘qolishi, mushaklardagi og‘riq, ta’m va hid sezmaslik. Biroq koronavirus o‘rta og‘irlik va og‘ir kechishida kasallikning 5-7 kuniga tana haroratining 38-39 S dan oshadi, nafas olish yetishmovchiligi, hansirash paydo bo‘ladi, oddiy shamollash va grippda esa — aksincha 3-4 kundan keyin bemor ahvoli yaxshilana boradi.
Bundan tashqari koronavirus kasalligini aniq tashxislash uchun epidemiologik anamnez, PZR tekshiruvi javobi musbat bo‘lishi, kislorod saturatsiyasi 95% dan kamayishi, KTsida xarakterli «bug‘li oyna» simptomi kuzatilishini inobatga olishimiz kerak.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…