Yaqinda ijtimoiy tarmoqlar orqali Davergeodezkadastr qo‘mitasi raisiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish imkonini beruvchi telegram bot kanal ishga tushirildi. Unga kelib tushayotgan murojaatlar asosida fuqaro va tadbirkorlarning muammolari o‘rganilmoqda.
Murojaatlarni o‘rganish jarayonida lavozimini suiiste’mol qilib, vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashayotgan, bu sohada xalqqa xizmat qilish emas balki boshqa maqsadda yurgan rahbar va xodimlar yaqqol bilinib qolmoqda.
Farg‘ona viloyatida 5 ta, Namangan viloyatida 11 ta, Jizzax viloyatida 1 ta hamda Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazining 1 ta JAMI 18 nafar rahbar va xodimlar ishida ko‘plab kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi uchun lavozimidan ozod etildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ular orasida kuni kecha Farg‘onada bino va inshootlarga kadastr hujjatlarini tayyorlab berish evaziga 400 AQSH dollari talab qilgan Toshloq tuman yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi mutaxassisi, O‘zbek davlat yer tuzish-ilmiy loyihalash instituti «O‘zdaverloyiha» Farg‘ona filiali muhandisi ham bor.
Umuman olganda, oxirgi 15 kun ichida Davergeodezkadastr qo‘mitasi tizimidagi 34 nafar rahbar va xodim lavozimidan ozod etildi.
"Korrupsion holatlar qayerdan va qanday qilib kelib chiqayotganini xalqimiz, aynan Siz yaxshi bilasiz. Shu sababli yana bir bor Sizlarga murojaat qilmoqchimiz.
Hurmatli fuqarolarimiz hamda tadbirkorlarimiz! Agarda Siz bizning xizmatlarimizdan foydalanishda muammo yoki korrupsion holatlarga duch kelsangiz, bizga (telegram bot @ygkuzbot, elektron pochta [email protected]) xabar bering!" deyiladi qo‘mita xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi
Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor”
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...