Foto: «Izvestiya»
Oshqozon yarasi, gastrit, jig‘ildon qaynashiga qarshi keng qo‘llaniluvchi dorilar — proton pompa ingibitorlari (PPI) koronavirus infeksiyasi og‘ir o‘tishiga sababchi bo‘lishi mumkin. «Izvestiya» xabariga ko‘ra, bu haqda Bruklin universiteti olimlari ilmiy maqola yozishdi.
Ular o‘tkazgan tadqiqotda qamrab olingan kovid-bemorlarning 15,6 foizi yuqoridagi dorilardan («Omeprazol», «Doksilak», «Pantoprozol» va boshqalar) iste’molchilari bo‘lishgan. Bu bemorlar o‘rtasida o‘lim holatlari boshqa guruhdagilarga qaraganda 2,3 baravar yuqoriligi kuzatildi. Qolaversa, ularni O‘SV (o‘pkani sun’iy ventilyatsiyalash) qurilmasiga ulab qo‘yish ehtimoli 2,5 karra oshgan.
Rossiyadagi Sechenov universiteti poliklinik terapiya kafedrasi professori Aleksey Buyeverov ham amerikalik hamkasblarining dalillariga qo‘shilgan holda bu dorilarni koronavirusni yuqtirganlar iste’mol qilmagani ma’qul dedi.
«Agarda infeksiya jarayoni faol kechayotgan bo‘lsa, bu paytda PPI iste’molidan voz kechish kerak. Chunki ishtaha ovqat payti keladi — taom kislotalar stimulyatori. Biz kislotalar ishlab chiqarilishini dorilar bilan susaytirib qo‘ysak og‘iz orqali har xil patogenlar organizmga tushishi mumkin. Bu mavjud kasallik kechishiga ham salbiy ta’sirini ko‘rsatishi mumkin», — deya tushuncha berdi ekspert.
Bruklinlik olimlar «COVID-19»ning noxush intihosi va PPI qabul qilinishi o‘rtasida qanchalik bog‘liqlik borligini baholash uchun o‘zlari o‘tkazgan tadqiqot hali davom ettirilishi kerakligini alohida ta’kidlashgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi