
Shavkat Mirziyoyev «Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2020 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 31 iyul – juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarorini inobatga olib, mamlakatimizda 2020 yil 31 iyul Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi.
Mahalliy hokimliklar va tegishli tashkilotlar Qurbon hayitining karantin talablariga rioya qilgan holda, xalqimizning milliy va diniy an’analariga mos ravishda o‘tishi uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar