Videodan kadr
26 iyuldan 27 iyulga o‘tar kechasi Farg‘ona viloyatining chekka hududlari yomg‘ir aralash do‘l yoqqan. Tabiatning ushbu hodisasi ayniqsa Qirg‘iziston ichida joylashgan eksklavlarda kuzatilgan.
Masalan, qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasi orqali kirib boriladigan Farg‘ona tumaniga qarashli «orolcha» — Shohimardonda kuchli yomg‘ir yoqqan, ariqlar suvga to‘lib-toshgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda yomg‘ir suvlaridan hosil bo‘lgan sel toshib, hatto yo‘llargacha chiqib ketganiga guvoh bo‘lish mumkin.
Viloyatning So‘x tumanida ham xuddi shunday kuchli yog‘ingarchilik bo‘lib o‘tgan. So‘xdagi yomg‘ir do‘lga aylanib, ariqlar yomg‘ir suvlariga to‘lgan. Yog‘ingarchilikdan talafot ko‘rganlar, jabrlanganlar haqida ma’lumotlar yo‘q.
Avvalroq «O‘zgidromet» O‘zbekistonning tog‘li va tog‘oldi hududlarida, 28 iyul kuni ham Farg‘ona vodiysining tekislik hududida ayrim joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkinligini xabar qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!