12:50 / 30.07.2020
2 769

Chinozda Cobalt va Lacetti avtomashinalari to‘qnashdi (video)

Chinozda Cobalt va Lacetti avtomashinalari to‘qnashdi (video)
Foto: Toshkent viloyati IIBB YHXB axborot xizmati
Toshkent viloyati Chinoz tumanida Cobalt hamda Lacetti mashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB YHXB axborot xizmati ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra 2020 yil 29 iyul kuni soat taxminan 09:00 larda Chinoz tumani, «Chinmasjid» MFY hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M-39 avtomobil yo‘lida Lacetti hamda Cobalt to‘qnashgan.

Sirdaryo viloyatida istiqomat qiluvchi 1981 yilda tug‘ilgan R.Sh. boshqaruvidagi Lacetti yo‘lni ajratib turuvchi beton bordyurdan qarama-qarshi tomoniga chiqib ketgan va 1977 yilda tug‘ilgan A.G‘. boshqaruvidagi Cobalt’ga urilgan.

To‘qnashuv oqibatida Lacetti ichida bo‘lgan yo‘lovchi, 1981 yilda tug‘ilgan Toshkent shahridagi istiqomat qiluvchi R.O. olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, Lacetti R.Sh. og‘ir tan jarohati olgan va Chinoz tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chinozda Cobalt va Lacetti avtomashinalari to‘qnashdi (video)