6 592
Shahrisabzda mudhish hodisa: erkak o‘ziga qo‘shib uch farzandi va rafiqasini avtomobil ichida yoqib yubordi
Illustrativ foto
Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida yashovchi erkak shaxsiy avtomobilida o‘ziga qo‘shib uch nafar farzandi va turmush o‘rtog‘ini yoqib yubordi. Oilaning barcha a’zosi kuyish oqibatida vafot etdi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea 2020 yilning 30 iyul kuni tungi 22:00 da Shahrisabz tumanida sodir bo‘lgan.
Shahrisabz tuman IIB boshlig‘i Olim Tojiyevning ma’lumot berishicha, oila boshlig‘i shaxsiy avtomobilida ketayotgan paytda turmush o‘rtog‘i bilan tortishib qoladi va avtomobil eshiklarini yopib, uch nafar farzandi, turmush o‘rtog‘i va o‘ziga benzin sepib, yoqib yuboradi.
«Oila boshlig‘i N.S. xotini bilan tortishib qolib, o‘zi va turmush o‘rtog‘ini hamda uch nafar farzandini yoqib yuborgan. Butun boshli oilaga oila boshlig‘ining o‘zi o‘t qo‘yganini shifoxonaga olib kelingan o‘g‘li hushiga kelganda aytib berdi. Oila azaldan notinch bo‘lgan ekan. Bu haqda shahar IIB dan ma’lumot olsangiz bo‘ladi», — deydi Olim Tojiyev.
Qayd etilishicha, mazkur holat bo‘yicha Shahrisabz tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, ayni kunda tergov-surishtiruv ishlari ketmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi