08:26 / 02.08.2020
3 435

Toshkentda xotinining yuzini lezviya bilan kesgan erkakka qamoq jazosi tayinlandi

Toshkentda xotinining yuzini lezviya bilan kesgan erkakka qamoq jazosi tayinlandi
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi erkak oilaviy janjal vaqtida rafiqasining yuzi va chap qo‘lini lezviya bilan kesgani sababli besh yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bu oila avvaldan notinch bo‘lgan, doimiy ravishda oilaviy janjallar va kelishmovchiliklar bo‘lib turgan. Natijada mazkur holat yuzaga kelgan.

Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi 1977 yilda tug‘ilgan Quvonchbek janjal vaqtida rafiqasi, 1980 yilda tug‘ilgan Dildoraning yuzi va chap qo‘lini lezviya bilan kesgan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, yetkazilgan tan jarohati o‘rtacha og‘irlikda. Ayolning yuzidagi va qo‘lidagi chandiqlar ko‘zga yaqqol tashlanadi. Yuzda qo‘pol deformatsiya va mimika buzilishi yuzaga kelgani sababli mazkur chandiqlar tuzalmaydigan chandiqlar deb xulosa berilgan.

Jinoyatni sodir etgan erkak Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi «v» bandi (O‘ta shafqatsizlik bilan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan aybli deb topilib, unga nisbatan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda xotinining yuzini lezviya bilan kesgan erkakka qamoq jazosi tayinlandi