12:37 / 02.08.2020
2 528

Haydovchi mashinasini jarima maydonchasiga olib ketmasliklari uchun uning ustiga chiqib olgan holatga YHXBB munosabat bildirdi

Haydovchi mashinasini jarima maydonchasiga olib ketmasliklari uchun uning ustiga chiqib olgan holatga YHXBB munosabat bildirdi
Foto: Videodan skrin
Ijtimoiy tarmoqlarda 31 iyul kuni «Haydovchi mashinasini YPX va jarima maydonchasidan saqlash uchun uning ustiga chiqib oldi» sarlavhasi ostida videolavha tarqaldi. Mazkur videotasvir yuzasidan YHXBB rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, videoda tasvirlangan holat 2019 yilning 20 sentabr kuni sodir bo‘lgan.

Buxoro viloyati IIB YHXB YPX inspektorlari K.Ahmedov, A.Ibodov va H.Polvonov belgilangan dislokatsiya asosida 2019 yilning 20 sentabr kuni soat 10:30 da G‘ijduvon tumani Y.Hamadoniy ko‘chasida xizmat olib borayotgan vaqtida «Gaz-3110» rusumli 80 X 098 FA davlat raqam belgili transport vositasi haydovchisi R.X. YPX inspektori K.Ahmedov tomonidan belgilangan tartibda to‘xtatilgan.

YPX inspektori haydovchining oldiga borib, o‘zini tanishtirib, me’yoriy hujjatlarini taqdim qilishini so‘ragan. Haydovchi me’yoriy hujjatlari yonida mavjud emasligini bildirgan.

Shundan so‘ng YPX inspektori haydovchiga nisbatan o‘rnatilgan tartibda «Yo‘l harakati qoidalari»ning 7-bandida belgilangan talablarni buzganligini aytib, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirgan va transport vositasini jarima maydonchasiga joylashtirishi zarurligini tushuntirgan.

Haydovchi avtomashinani jarima maydonchasiga joylanishidan norozi bo‘lgan va «Gaz-3110» mashinasining ustiga chiqib olgan.

YPX inspektori haydovchiga me’yoriy hujjatlari bo‘lmaganligi sababli ushbu avtomashinani jarima maydonchasiga qo‘yishga majburligini yana qayta tushuntirganidan so‘ng transport vositasi jarima maydonchasiga kiritilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Haydovchi mashinasini jarima maydonchasiga olib ketmasliklari uchun uning ustiga chiqib olgan holatga YHXBB munosabat bildirdi