22:42 / 03.08.2020
839

Olimlar poyezdda koronavirusni yuqtirish xavfini kamaytirish yo‘lini aniqlashdi

Olimlar poyezdda koronavirusni yuqtirish xavfini kamaytirish yo‘lini aniqlashdi
Foto: «Rg.ru»
Xitoylik bir guruh olimlar Sautgempton universitetidagi hamkasblari bilan birgalikda koronavirus pandemiyasi davrida poyezdlarda yurish qanchalik xavfli ekanligini tekshirib ko‘rishga qaror qilishgan. Tadqiqot natijalari «Clinical Infectious Diseases» jurnalida chop etildi.

Mutaxassislar Xitoydagi tezyurar poyezdlarda sayohat qilib, keyinchalik koronavirus infeksiyasi alomatlari paydo bo‘lgan 2334 nafar yo‘lovchi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilishgan. Ular yaqin aloqada bo‘lgan yo‘lovchilarning umumiy soni 72 093 kishini tashkil etgan.

Ushbu ma’lumotlarga asoslanib olimlar COVID-19 tashuvchisi bilan bir vagonda bo‘lish qanchalik xavfli ekanligini aniqlashdi. Mana, masalan, bunday yo‘lovchining yonida o‘tirganda koronavirusni yuqtirish ehtimoli 3,5 foizni tashkil etadi. Bir qatorda bo‘lganda esa — 1,5 foiz. Bemor vagondan chiqqanda, uning o‘rniga o‘tirgan odamning kasallanib qolish ehtimoli 0,075 foizni tashkil etadi. Tadqiqotlarda yuqtirish omili odamning niqob taqqan-taqmaganligiga bog‘liqligi aytilmagan.

Yuqtirish xavfi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijtimoiy masofaga bog‘liqligi ta’kidlanmoqda. Biroq mutaxassislar yana bir omilga e’tiborlarini qaratishgan — safar vaqti. 2,5 metrlik masofa faqat bir soat davomidagina koronavirus infeksiyasidan asrashi mumkin.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 17,8 million kishi koronavirusga chalingan, ulardan 680 ming nafari vafot etgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)