22:30 / 04.08.2020
3 248

Internetda Toshkentdagi qo‘shnilar janjali aks etgan video yuzasidan IIBB munosabat bildirdi

Internetda Toshkentdagi qo‘shnilar janjali aks etgan video  yuzasidan IIBB munosabat bildirdi
Foto: Videodan kadr
Toshkent shahar «Darxon» mahallasida qo‘shnilar o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Bunga shahar IIBB o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
Ma’lum qilinishicha, 2020 yilning 1 avgust kuni «Darxon» mahallasida istiqomat qiluvchi 35 yoshli A.Marina Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, o‘zi, singlisi va ukasiga tan jarohati yetkazgan shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mojaroning boshlanishiga 39 yoshli F.Akmal tomonidan ko‘chada o‘ynayotgan bolalarga, shu jumladan, arizachining 12 yoshli qiziga shovqin qilmaslik yuzasidan berilgan tanbehi sabab bo‘lgan. Shundan so‘ng qizning katta yoshdagi qarindoshlari va F.Akmalning qarindoshlari o‘rtasida o‘zaro janjal boshlanib, voqea tan jarohati yetkazish bilan yakunlangan.

Foto: Videodan kadr
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB 2-sonli IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruvi harakatlari olib borilmoqda. Janjalning har bir ishtirokchisining qilmishiga huquqiy baho berilishi ma’lum qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Internetda Toshkentdagi qo‘shnilar janjali aks etgan video yuzasidan IIBB munosabat bildirdi