3 861
Toshkentda tilanchilik qilayotgan qizlarning ushlanishi bilan bog‘liq videoga izoh berildi
Skrinshot: Telegram
Toshkent shahar IIBB ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar qizning qo‘lga olinishi bilan bog‘liq videotasvir tarqalgani yuzasida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 3 avgust kuni taxminan soat 12:30 larda PPX brigadasi 3-batalon 5-otryad xodimlari, safdorlar B.Mirzahakimov va A.Xudoyberdiyev Yunusobod tumani Abdulla Qodiriy va Sharof Rashidov ko‘chalarining kesishmasidagi chorrahada xizmat olib borayotgan vaqtida, chorrahada ikki nafar qiz tilanchilik qilayotganini aniqlagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu qizlar o‘zining xatti-harakatlari bilan yo‘lning serqatnov qismida avariyaviy holatni yuzaga keltirib, transport vositalari haydovchilariga xalaqit bergan.
Qizlarga o‘rnatilgan qonun-qoidalarni buzayotganligi tushuntirilib, ulardan yaqin oradagi Yunusobod tumani IIO FMB 2-sonli IIBga borishlari so‘ralgan. Biroq 18 yoshli S.E. va 19 yoshli Sh.A. xodimlarga faol qarshilik ko‘rsatib, ularni haqorat qilgan va atrofdagi odamlarning diqqatini tortish maqsadida shovqin ko‘targan. Natijada xodimlar qo‘shimcha kuchlarni chaqirib, qizlarni IIBga olib kelgan.
— Shukhrat (@bankir2102) August 5, 2020
«Profilaktika inspektori K.Jo‘rayev ushbu fuqarolar bilan profilaktik tushuntirish ishlarini olib borib, tilanchilik qilganlik uchun javobgarlik belgilanganligini ma’lum qilgan. Ular tomonidan bu holat birinchi marotaba sodir etilayotganligi sababli qizlarga ogohlantirish berilgan», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 127-1-moddasiga ko‘ra, tilanchilik bilan shug‘ullanish, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin