
Men koronavirus infeksiyasidan tuzaldim. Endi uyda qolishim kerakmi va niqob taqmasam ham bo‘ladimi? Ushbu savolga Koronavirusga qarshi shtab a’zosi Nargiza Nurullayeva javob berdi.
"Kasalxonadan chiqqandan so‘ng ham sog‘lom odamlar kabi kasallikni oldini olish choralariga rioya qilish kerak: odamlar to‘planadigan joylarga bormaslik, qo‘lni yuvish.
Hatto kasallik alomatlari to‘la yo‘qolgandan keyin ham odam atrofdagilar uchun 14 kungacha xavfli bo‘lib qoladi.
Shuning uchun izolyatsiyani yana ikki haftaga davom ettirish zarur", dedi Nurullayeva. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar