
Bugun AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi shtab a’zosi Nargiza Nurullayeva ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda qator savollarga javob berildi.
- Koronavirus infeksiyani oldini olish maqsadida immunitetni oshiruvchi dori vositalarni qabul qilsa bo‘ladimi? Va qaysi dorilarni ichish mumkin?
- Koronavirusga qarshi immunitetni oshiruvchi dori vositalar yo‘q.
Lekin sog‘lom turmush qoidalariga rioya qilgan holda immunitetni mustahkamlash mumkin.
- Xususiy klinikalarda test narxlari biror tashkilot tomonidan nazorat qilinadimi yoki ular o‘zlari xohlagan narxda test tekshiruvi o‘tkazishlari mumkinmi?
- Xususiy klinikalar olib keladigan testlarni o‘zlari sotib oladi va shundan kelib chikib narxlarni o‘zlari belgilaydi.
- Koronavirusga chalinganda ko‘prok suv ichish to‘g‘risida maslahat berishyapdi. Suv issiq holda ichilishi kerakmi yoki iliq bo‘lishi kerakmi?
Koronavirusga chalingan bemorlar 30-37 daraja atrofida suyuqliklarni ichishi mumkin. Lekin bemorda isitma 38 daraja va undan yuqori bo‘ladigan bo‘lsa issiq ichimlik va suyuqliklarni ichish mumkin emas. Ovkatlar issiqligi ham 37-40 daraja bo‘lishi kerak.
- Koronavirus bilan kasallanganda buyrak bilan bog‘liq muammolar ham yuzaga chiqishi mumkinmi?
- Koronavirus infeksiya fonida surunkali buyrak kasalliklari avj olishi mumkin.
COVID-19 infeksiyasi og‘ir kechishida buyrak shikastlanishi kuzatiladi. Bundan tashqari o‘ta yuqori xavf toifasidagi bemorlar - bemorlar – bu dialez muolaja oluvchilar.
Buyrak patologiyasi bilan bog‘liq muammollarni oldini olish maqsadida shifokor tomonidan shunga tegishli laborator ko‘rsatkichlar nazorat qilinadi: misol umumiy peshob tahlili, kreatinin miqdori, koptokchalar filtratsiyasi va hokazo. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar