2020 yil 6 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 28 315 (+246) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 167 nafari Toshkent shahrida, 35 nafari Samarqand viloyatida, 33 nafari Qashqadaryo viloyatida hamda 11 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yashagan 37 yoshli N.O. (ayol) hamda Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 51 yoshli A.B. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 318 nafar, Toshkent viloyatida 162 nafar, Andijon viloyatida 14 nafar hamda Farg‘ona viloyatida ham 14 nafar, jami 508 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 19 291 (+508) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (68 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 8 849 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”
Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi