1-kurs talabalari uchun darslarni oktabrdan boshlash rejalashtirilgan.
Sentabr oyidan boshlab yuqori bosqich (ikkinchi bosqichdan boshlab) talabalari uchun o‘qish onlayn tarzda boshlanadi. Bu haqda Respublika oliy ta’lim kengashi raisi O‘ktam Umurzoqovga asoslanib, O‘zA xabar tarqatdi.
"Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalasi ham juda murakkab bo‘lib turibdi. Mart oyidan buyon biz onlayn tizimida darslarni o‘tkazyapmiz, lekin xohlaymizmi-xohlamaymizmi, onlayn tizimi odatiy, yuzma-yuz dars o‘tish tizimining o‘rnini bosa olmaydi.
Hozircha sentabr oyidan boshlab 2, 3 va 4-kurs talabalariga o‘qishni onlayn tarzda boshlaymiz, oktabr oyida 1-kurslarni ham qabul qilib olganimizdan keyin pandemiya sal yumshasa, unda balki an’anaviy tizimga yana qaytarmiz", – dedi O‘ktam Umurzoqov.
Eslatib o‘tamiz, OTMlarga kirish imtihonlari qachondan boshlanishi hozircha noma’lum. 6 avgust kuni prezident huzuridagi yig‘ilishda mas’ul vazirlik va idoralarga yuqori kurs talabalari yangi o‘quv yilini sentabrdan masofaviy shaklda boshlashlari uchun tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish bo‘yicha topshiriq berilgan.
Shuningdek, koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida imtihonlar ochiq stadionlarda, kuniga ikki smenadan tashkil etiladi. Testlarni 12-14 kunda yakunlash mo‘ljallanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi