23:39 / 09.08.2020
2 228

Rossiyadan poyezdda olib kelingan fuqarolar Namangandagi karantin zonasiga joylashtirildi

Rossiyadan poyezdda olib kelingan fuqarolar Namangandagi karantin zonasiga joylashtirildi
Viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berishicha, bugun Pop temir yo‘l vokzalida «Samara–Buzuluk–Toshkent–Pop» yo‘nalishi bilan Rossiyadan olib kelingan 918 nafar o‘zbekistonlik kutib olindi.

Ular shu joyning o‘zida Pop tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari tomonidan dezinfeksiyadan o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, 5 avgust kuni Mash Youtube-kanali Rossiya-Qozog‘iston chegarasida joylashgan migrantlar vaqtinchalik lagerlarida bo‘lib, lagerda yashayotgan yuzlab o‘zbekistonliklar yordam so‘rayotgani haqida xabar bergandi.

6 avgust kuni Rossiya Federatsiyasining Samara va Orenburg oblastlarida, Qozog‘iston bilan chegaradan o‘ta olmay to‘planib qolgan 2 ming o‘zbekistonlik maxsus poyezdlarda O‘zbekistonga olib kelinishi ma’lum qilindi.

Ma’lumot uchun, Pop tumanida qurib bitkazilgan karantin zonasi 1200 kishiga mo‘ljallangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiyadan poyezdda olib kelingan fuqarolar Namangandagi karantin zonasiga joylashtirildi