07:30 / 12.08.2020
2 093

Xorijga olib chiqib ketish mumkin bo‘lgan naqd valyuta miqdori oshadi

Xorijga olib chiqib ketish mumkin bo‘lgan naqd valyuta miqdori oshadi
Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan 70 mln so‘m ekvivalentidan ortiq O‘zbekiston naqd valyutasi va (yoki) naqd chet el valyutasi uchun deklaratsiya to‘ldiriladi (amalda 2 ming AQSH dollari).

Shuningdek, 100 mln so‘mga teng yoki undan oshmaydigan naqd valyutani O‘zbekistondan tashqariga bojxona nazorati qoidalariga amal qilgan holda cheklovlarsiz olib chiqiladi (amalda 5 ming AQSH dollari). Qaror 2020 yil 1 sentabrdan kuchga kiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorijga olib chiqib ketish mumkin bo‘lgan naqd valyuta miqdori oshadi