2 087
MIB faoliyatidan: hujjat kelib tushgach bir necha kun ichida bank foydasiga 1,2 mlrd. so‘m kredit qarzini undirib berildi
O‘zbekiston tumanlararo sudi tomonidan 20.07.2020 yilda ijro varaqasiga asosan “Madad invest bank” foydasiga javobgar O‘zbekiston tumanidagi “Brus qurilish trans montaj” MCHJdan 3 mlrd. 356 mln. so‘m kredit qarzdorligini undirish belgilangan bo‘lib, mazkur sud hujjati shu kunning o‘zida Majburiy ijro byurosi O‘zbekiston tuman bo‘limiga kelib tushgan.
Davlat ijrochisi tomonidan qabul qilingan ijro ishi yurituvini qo‘zg‘atish haqida qaror nusxasi 21.07.2020 yilda qarzdor “Brus qurilish trans montaj” MCHJ mansabdor shaxslariga taqdim qilinib, ularga sud hujjati ijrosini qonunda belgilangan muddatda bajarmaganlik va majburiy ijro harakatlari amalga oshirish huquqiy oqibatlari, xususan ijro yig‘imi miqdorlari va jamiyat balansidagi texnika vositalari xatlanishi mumkinligi haqida tushuntirish berilgan.
Buni qarangki, kreditni olishga olib to‘lashga kelganda 3-4 oydan buyon “qorasi”ni ko‘rsatmasdan bankdan qochib yashirinib yurgan tadbirkor ikki kun ichida, ya’ni 22.07.2020 yilda 1 mlrd. 200 mln. so‘m qarzdorligi to‘lab berishiga to‘g‘ri keldi.
Shu bilan birgalikda qarzdor va undiruvchi o‘rtasida mediatsiya kelishuv bitimi imzolanib, tegishli sudga taqdim qilinganligi munosabati bilan undiruvchi “Madad invest bank” Byuroning O‘zbekiston tuman bo‘limiga ijroni to‘xatish haqida murojaat qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi
Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi
Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi
AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi