18:00 / 13.08.2020
2 288

Tadbirkor foydasiga qarzdorlik undirildi

Tadbirkor foydasiga qarzdorlik undirildi
Majburiy ijro byurosining Xiva tuman bo‘limi ish yurituvida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor “Xorazm baraka savdo” ma’suliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi “Bizzon teks” ma’suliyati cheklangan jamiyati foydasiga 273.725.000 so‘m qarzdorlik undirish to‘g‘risidagi ijro mavjud edi.

Mazkur ijro hujjatlari bo‘lim ish yurituviga kelib tushgandan so‘ng, davlat ijrochisi tomonidan belgilangan tartibda “ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.

Qarzdor tomonidan ixtiyoriy muddatda ijro hujjati talabi bajarilmaganligi sababli, ushbu ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida qarzdorning bankdagi hisob raqamlari aniqlanib, inkasso topshiriqnomasi qo‘yildi hamda davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro harakatlari amalga oshirildi.

Olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzdordan ijro varaqalarda ko‘rsatilgan 273.725.000 so‘m qarz summasi to‘liq undirilib, tadbirkorlik sub’ektlari foydasiga yo‘naltirilishi ta’minlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tadbirkor foydasiga qarzdorlik undirildi