17:54 / 14.08.2020
2 297

Farg‘onada 1.1 ming donadan ziyod uyali aloqa vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Farg‘onada 1.1 ming donadan ziyod uyali aloqa vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Farg‘ona viloyati bojxona boshkarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan uyali aloqa vositalarining noqonuniy olib kirilishiga doir holatlarga chek qo‘yildi.

Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro T.E, boshqaruvida chegaradosh hududda harakatlanib ketayotgan “Damas” avtotransport vositasi kuzatuvga olinib, Farg‘ona shaxrida to‘xtatiladi.

Avtomashina xolislar ishtirokida va belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida uning salonida muqaddam qo‘shni davlatdan bojxona nazoratini chetlab, aylanma yo‘llar orqali olib kirilgan hamda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 2 turdagi 41 dona smartfonlar borligi aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra ushbu aloqa vositalarining umumiy qiymati 106 mln. 500 ming so‘mni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, viloyatda o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbir davomida chegaradosh hududdan harakatlanib kelgan fuqaro X.D. boshqaruvidagi “Neksiya-3” rusumli avtotransport vositasi kuzatuvga olinadi.

Haydovchi Dang‘ara tumanida fuqaro R.M.ning xonadoniga yetib kelgan vaqtida kuzatuvga olinganini sezib qoladi va voyea joyidan yashirinishga urinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada 1.1 ming donadan ziyod uyali aloqa vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi