18:12 / 17.08.2020
3 002

«Rezinali qo‘lqoplar koronavirusdan himoyalanishda samara bermaydi»

«Rezinali qo‘lqoplar koronavirusdan himoyalanishda samara bermaydi»
Jamoat joylarida koronavirus infeksiyasidan himoyalanishda rezinali qo‘lqoplardan foydalanish samara bermaydi. Bu haqda 16 avgust kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, professor Shuhrat Boymurodov aytib o‘tdi.

Shuhrat Boymurodovning ma’lum qilishicha, rezina qo‘lqoplar COVID-19 infeksiyasidan himoya qilishda samara bermaydi.
«To‘liq himoyalanish uchun antiseptik vositalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Chunki COVID-19 infeksiyasi rezinali qo‘lqoplarni zararlashi mumkin, bu holat infeksiyani yuqtirib olish xavfini tug‘diradi» – dedi professor.

Avvalroq Shuhrat Boymurodov dokadan yoki paxta matosidan qilingan tibbiy niqoblar yuz terisiga hech qanday salbiy ta’sir ko‘rsatmasligini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, odam immuniteti tanqisligi virusi (OIV) bilan yashayotgan insonlarda virusli yuklamalar turli xil asoratlarga olib kelishi mumkinligi haqida ham gapirib o‘tgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Rezinali qo‘lqoplar koronavirusdan himoyalanishda samara bermaydi»