
Prezident Shavkat Mirziyoyev 20 avgust kuni tadbirkorlikni hududlardagi qo‘shimcha imkoniyatlar hisobiga rivojlantirish masalasida yig‘ilish o‘tkazdi. Unda ishsiz yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash haqida ham so‘z bordi.
Bosh vazir o‘rinbosariga ularni talab yuqori bo‘lgan kasblar va tadbirkorlikka o‘qitish, shu asosda biznesini yo‘lga qo‘yishda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tartibini joriy etish vazifasi yuklatildi.
«Bu ishlarni tizimli amalga oshirish maqsadida, mamlakatimizda joriy etilgan «temir daftar»lar singari, ishsiz yoshlar bo‘yicha alohida («Yoshlar daftari»), ishsiz va boquvchisiz xotin-qizlar bo‘yicha alohida («Ayollar daftari») ro‘yxatlar shakllantirib, har biri bilan yangi tizim, yangicha tartibda manzilli ishlash muhimligi ta’kidlandi», – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Oltin daftar» reyestri ham shakllantirilishi, unga xorijdagi salohiyatli vatandoshlar – potensial investorlar, nufuzli universitetlar professorlari va xalqaro tashkilotlarda ishlovchi o‘zbekistonliklar kiritilishi ma’lum bo‘lgandi.
TadbirkorlikYoshlar DaftariAyollar DaftariIshsiz YoshlarMoliyaviy Qo‘llab-quvvatlashPrezident Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar