Foto: «Yandex»
Koronavirus ikkinchi to‘lqinining oldini olish mumkin. Ayni vaqtda buning uchun tibbiyot xodimlari ixtiyorida barcha vositalar mavjud. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti strategik tashabbuslar bo‘yicha rais o‘rinbosari Raneri Guerra «Corriere della Sera» gazetasiga bergan intervyusida bu haqda aytib o‘tgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Italiyada yuqtirishlar soni ko‘payishi kuzatilmoqda. Biroq bu tashxislash yaxshilanishi va kengayishi bilan bog‘liq. Shunga qaramay, og‘ir bemorlar sonini nazorat qilish mumkin.
«Biz buni o‘rganib oldik, afsuski, og‘ir tajribadan so‘ng», — deya izohladi u.
Guerraning fikricha, o‘quv yili boshlangandan so‘ng yangi kasallanishlar soni ko‘payishi muqarrar. Chunki o‘quvchilar orasidagi jismoniy aloqalarni bartaraf etishning iloji bo‘lmaydi. JSST vakilining ta’kidlashicha, shu paytgacha bolalarning koronavirusni yuqtirish darajasi to‘liq o‘rganilmagan. Misol uchun, 10-11 yoshgacha bo‘lgan bolalar atrofdagilarga kasallikni kamroq yuqtiradi, 12 yoshdan so‘ng o‘smirlarda infeksiyani yuqtirish qobiliyati ortadi, degan nazariya mavjud. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi