21:30 / 25.08.2020
3 111

Shifokorlar bolalarda koronavirusning salbiy oqibatlarini aniqlashdi

Shifokorlar bolalarda koronavirusning salbiy oqibatlarini aniqlashdi
Foto: «Ezra Acayan/Getty Images»
Bolalar koronavirus oldida avval o‘ylagandan ko‘ra ko‘proq zaifroq bo‘lib chiqdi — ularning ko‘pchiligida hatto tuzalgandan keyin ham salbiy asoratlari saqlanib qoladi. Bu haqda «The Wall Street Journal» xabar berdi.

Amerikalik shifokorlar COVID-19dan so‘ng bolalarda bosh og‘rig‘i, yo‘tal va hazm qilish a’zolari faoliyatidagi buzilishlar saqlanib qolishini ko‘proq qayd eta boshladi. Shunga qaramay, ularning aksariyati virusni yengil shaklda o‘tkazishi tasdiqlangan. Bolalarda multisistemali yallig‘lanuvchi sindrom deb ataluvchi asorat eng ko‘p uchraydi. Ta’kidlanishicha, AQSHda 9 iyuldan buyon kasallikni yuqtirgan bolalar soni ikki baravar ko‘paygan.

Koronavirusga chalingan ko‘pgina bolalarda Kavasaki kasalligini eslatuvchi ko‘plab yallig‘lanishlar qayd etilgan. Keyinroq COVID-19 fonida bolalarda halokatli gipersitokinemiya — organizm to‘qimalari shikastlanishiga olib keluvchi nazorat qilib bo‘lmaydigan yallig‘lanish rivojlanishi mumkinligi ham isbotlangan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shifokorlar bolalarda koronavirusning salbiy oqibatlarini aniqlashdi