
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 26.02.2020 yildagi ijro hujjatiga asosan karzdor S.Borshdan undiruvchi fukaro L.Grinko foydasiga 49 mln 298 ming so‘m moddiy zarar undirish haqidagi ijro ishi Byuroning Yunusobod tuman bo‘limiga 10.04.2020 yilda kelib tushgan bo‘lib, ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan.
Majburiy ijro harakatlari davomida davlat ijrochisi tomonidan ijro hujjatining majburiy ijrosini ta’minlash maqsadida qarzdorga tegishli bo‘lgan uy-joylarga tegishli tartibda ta’qiqlar qo‘yilgan va qarzdorni O‘zbekiston Respublikasidan chetga chiqish huquqlari cheklangan.
Olib borilgan huquqiy tushuntirishlar natijasida 26.08.2020 yilda karzdordan 49 mln 298 ming so‘m moddiy zarar pullari to‘liq va naqd undirilib, ijro ishi Qonunning 41-moddasiga asosan tamomlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing