Foto: «Yandex»
Olimlar neytrallashtiruvchi antitanachaning koronavirusni qayta yuqtirishdan to‘liq himoyalashini isbotlashdi. Bu haqda «EurekAlert!» press-relizida ma’lum qilingan.
Mutaxassislarning «Journal of Clinical Microbiology» nashrida chop etilgan maqolasiga ko‘ra, tadqiqotchilar 2020 yil may oyida Sietldan chiqqan baliq ovlovchi kema bortida bo‘lgan uch nafar odamda antitanachani aniqlashgan. SARS-CoV-2 jami 122 kishidan 104 nafarida qayd etilgan. Biroq neytrallashtiruvchi antitanachasi bo‘lgan odamlar suzish vaqtida va undan keyin ham kasal bo‘lishmagan. Bu koronavirusga qarshi yetarlicha samarali vaksina yaratish mumkinligini isbotlaydi. U esa o‘z navbatida pandemiyani to‘xtatishga yordam beradi.
Shu bilan birga, kasallikni yuqtirganlarning aksar qismi avval boshqa respiratorli infeksiyani boshidan o‘tkazganda odamda kelib chiquvchi immunitetning har qanday shakli COVID-19dan yetarli himoya bilan ta’minlamasligini ko‘rsatmoqda.
Neytrallashtiruvchi antitanachalar deb oqsilli molekulalarga aytiladi. Ular hujayralarni virus yoki bakteriyalar sifatida namoyon bo‘luvchi antigen tashuvchilaridan himoya qiladi. Antitanacha patogenning ustiga yopishib olib, ularning faolligini cheklaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global Janub kimniki?
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi