2 763
Sherzod Shermatov: Onlayn ta’lim ayniqsa birinchi sinf o‘quvchilari uchun qiyinchilik tug‘diradi
Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov yangi o‘quv yili gibrid ssenariy asosida boshlangan taqdirda, onlayn ta’lim birinchi sinf o‘quvchilarining o‘zlashtirishiga qanday ta’sir qilishi mumkinligi haqida gapirdi.
«Birinchi sinf o‘quvchilari onlayn ta’limda qiynalishi bor gap. Xavfdan qo‘rqib maktabga yubormaydigan, uyda o‘zim o‘rgataman, qo‘lidan ushlab yozdiraman, deydigan ota-onalar ham bor. Lekin baribir birinchi sinf o‘quvchisiga o‘qituvchi o‘rgatishi kerak.
Sinf darajasi qancha yuqorilab borsa, onlayn ta’limning samarasi ham shuncha yaxshi bo‘ladi. Keyinchalik universitetda talaba o‘zi o‘qishga harakat qiladigan bo‘ladi.
Majburiy ta’lim – maktabda bolani o‘qitish uchun qattiqqo‘llik ham qilingan. Ota-onalar 1,5 oy karantin davrida farzandlarini o‘zlari uyda o‘qitib ko‘rishdi. Ammo bir nafar bolani ham hamma eplay olgani yo‘q. O‘qituvchi esa o‘rgatadi», – dedi vazir Kun.uz'ga bergan intervyusida.
Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamovaga ko‘ra, yangi o‘quv yilida 650 ming nafardan ortiq o‘quvchi birinchi sinfga qabul qilishini kutilmoqda.
«Birinchi sinf o‘quvchilari ta’limni onlayn yoki an’anaviy shaklda boshlashlaridan qat’i nazar, ularga prezident sovg‘alari o‘z vaqtida yetkazib beriladi», – degan u «O‘zbekiston 24» radiokanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, yangi o‘quv yilini 14 sentabr – dushanba kunidan boshlash taklif sifatida kiritilgan. Maktablar faoliyati gibrid ssenariy asosida – an’anaviy va onlayn ta’lim shakli aralash holda tashkil etilishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi