Foto: «Liveinternet.ru»
Rossiyalik shifokor-diyetolog Yelena Solomatina erkak organizmida testosteron tanqisligini bartaraf etuvchi mahsulotlar nomini ma’lum qildi. Uning so‘zlarini «Vechernyaya Moskva» keltirgan.
Solomatinaning aytishicha, tez hazm bo‘ladigan oqsilga boy mahsulotlar — tovuq go‘shti, yog‘siz tvorog, mol go‘shti hamda tuxum sarig‘i jinsiy quvvatni oshirishga yordam beradi. Shuningdek, buzoq go‘shti tarkibida oqsildan tashqari, erkaklar salomatligini mustahkamlovchi V12 vitamini bor.
Testosteron miqdorini ko‘paytirish uchun diyetolog dengiz mahsulotlari, jumladan, qisqichbaqa va mollyuskalarni yeyishni maslahat beradi. Ushbu mahsulotlar tarkibidagi rux xohish va his-tuyg‘uni kuchaytiradi. Ekspertning aniqlik kiritishicha, qovoq urug‘ini iste’mol qilish orqali ham kerakli miqdorda ruxni olsa bo‘ladi.
Jinsiy quvvatga, shuningdek, omega-3 yog‘ kislotalari ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ularning tarkibida ko‘p miqdorda oqsil, fosfor va ruxdan tashqari xolesterol ham mavjud. Aynan undan organizm jinsiy gormonlar hosil qilishda foydalanadi.
Yigitlarga taomnomaga yog‘li mahsulotlarni qo‘shish tavsiya etiladi. 35 yoshdan oshgan erkaklarga esa o‘simlik oqsili, masalan, no‘xat va loviya yeyish foydali. Solomatina erkaklarni glikemiya indeksi yuqori bo‘lgan pivo yoki soyani haddan tashqari ko‘p iste’mol qilmaslikka chaqiradi. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, bu mahsulotlar semizlikka olib keladi va testosteron darajasini kamaytiradi.
Diyetologning so‘zlariga ko‘ra, sut mahsulotlari, shirinliklar, pishiriqlar, limonad va gazlangan ichimliklar testosteron kamayishiga sabab bo‘ladi. Solomatinaning ta’kidlashicha, erkaklar umumiy salomatligi va jinsiy quvvat uchun ovqatlanishiga e’tibor berishi, stressdan saqlanishi va sport bilan shug‘ullanishi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi