2 208
Bahodir Yusupaliyev: «Hukumat vaksina sotib olishga mablag‘ ajratish masalasini ko‘rib chiqmoqda»
O‘zbekiston hukumati hozirda koronavirusga qarshi vaksina sotib olishga mablag‘ ajratish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahodir Yusupaliyev «Kommersant’» nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi va hukumat emlash masalasi ustida ishlamoqda.
«Bir qator davlatlar, shu jumladan Xitoy bizga vaksinaning klinik sinovlarida ishtirok etishni taklif qildi. Hozirda hamkasblar sinovlarda ishtirok etish yoki barcha sinovlar muvaffaqiyatli yakunlangandan so‘ng vaksinani sotib olish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishmoqda.
Shuningdek, biz Rossiya vaksinasini ham o‘rganmoqdamiz. Biz aholini emlash uchun preparatlarni o‘z vaqtida sotib olishga tayyormiz. Hozirda hukumat vaksina sotib olishga mablag‘ ajratish masalasini ko‘rib chiqmoqda», – dedi u.
Bahodir Yusupaliyevning aytishicha, Rossiya vaksinasi bo‘yicha mutaxassislar va hukumat darajasidagi muhokamalar jarayoni davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi