Buxoro viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasining devonxona mudiri 500 dollar pora bilan qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departamentning viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Aniqlanishicha, 2020 yilning 2 sentabr kuni DXX viloyat boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi devonxona mudirasi 500 dollar pulni pora tariqasida olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Ochiqlanishicha, devonxona mudirasi D.S. 23 yoshli fuqaro X.J.ga uni viloyat teri-tanosil kasalliklari dispanseriga hamshiralikka ishga joylashtirib qo‘yishini va’da qilib, evaziga 500 dollar berishini talab qilgan.
Olib borilgan tergov-surishtiruv ishlaridan so‘ng devonxona mudirasining pora talab qilgani ma’lum bo‘lgan. Shu boisdan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi, «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov-surishtiruv jarayonlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi