Yevropa Ittifoqi aholisi orasida o‘lim sabablaridan biri — atrof-muhit omillari, jumladan, havo ifloslanishi va anomal issiqlik. Bu haqda Yevrokomissiya saytida chop etilgan ma’lumotlar guvohlik bermoqda.
Har sakkizinchi yevropalik (mintaqadagi jami aholining 13 foizi) «atrof-muhit sifati yomonligi» bois vafot etyapti. Hisobotda ta’kidlanishicha, ushbu omil bilan o‘lim darajasi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik bor.
«Atrof-muhit sifatini yaxshilash orqali ushbu o‘limlarning oldini olish va statistikani sezilarli darajada kamaytirishga erishish mumkin», — deyiladi hujjatda.
Xullas, havoning ifloslanishini salomatlikni yomonlashtiruvchi xavfli sabablardan biri deya atashdi: har yili u 400 ming kishining o‘limiga olib kelmoqda. Ifloslangan havoda xavfli moddalarning uzoq vaqt ta’sir ko‘rsatishi diabet, saraton va o‘pka kasalliklarini chaqirishi mumkin. Shuningdek, ifloslanish tufayli COVID-19 pnevmoniyasi bilan kasallangan bemorlar orasida o‘lim ko‘rsatkichi oshayotgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi