00:26 / 09.09.2020
2 895

Koronavirus: Toshkentda kasallanish holatlari keskin ko‘paydi

Koronavirus: Toshkentda kasallanish holatlari keskin ko‘paydi
Sog‘liqni saqlash vazirligi axborotiga ko‘ra, 8 sentabr kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni davolanib chiqqanlardan ko‘proq bo‘ldi: 443 kishida COVID-19 aniqlanib, 304 bemor sog‘aydi.
Rasmiy statistikaga ko‘ra, jami holatlar 44 418ta, tuzalganlar 41 898 nafar, qurbonlar esa 360 nafarni tashkil etmoqda. 8 sentabr kuni 5 kishi vafot etgani xabar qilindi.

Yangi holatlar (+443)
Kunlik kasallanish holatlari ikki hafta ichida ilk marta 400tadan ko‘p bo‘ldi. Yangi aniqlangan bemorlar soni kecha 312 nafar bo‘lgan bo‘lsa, undan avval to‘rt kun mobaynida yangi holatlar 300taga yetmayotgan edi.

Toshkent shahrida yangi holatlar 4 sentabr kuni 135ta, 5 sentabrda 170ta, 6 sentabr kuni 177ta, 7 sentabrda 190ta bo‘lgan bo‘lsa, 8 sentabrda bu raqam 317tani tashkil etdi.

Toshkent shahri – 317
Toshkent viloyati – 94
Andijon viloyati – 14
Buxoro viloyati – 9
Namangan viloyati – 6
Navoiy viloyati – 2
Surxondaryo viloyati – 1

Tuzalganlar (+304)
Kasallik qayd etilgan jami 44 418 bemordan 41 898 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

Toshkent shahri – 181
Toshkent viloyati – 97
Buxoro viloyati – 8
Andijon viloyati – 7
Namangan viloyati – 6
Surxondaryo viloyati – 5

O‘lim holatlari (+5)
Vazirlik 8 sentabr kuni 5ta o‘lim holati haqida ma’lumot berdi. Rasmiy statistikada jami qurbonlar 360 nafar deb ko‘rsatilmoqda.

Uchtepa tumanida yashagan 72 yoshli I.K. (erkak)
Angren shahrida yashagan 56 yoshli R.Ye. (ayol)
Uchtepa tumanida yashagan 74 yoshli I.U. (erkak)
Yunusobod tumanida yashagan 71 yoshli M.I. (ayol)
Chilonzor tumanida yashagan 78 yoshli X.A. (ayol)
Yunusobod tumanida yashagan 68 yoshli A.K. (erkak)

Ayni paytda davolanayotgan 2 160 nafar bemordan 402 nafari og‘ir, 226 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus: Toshkentda kasallanish holatlari keskin ko‘paydi