15:50 / 11.09.2020
2 044

Kelinning 28 turdagi mol-mulklari turmush o‘rtog‘ining uyidan olib berildi

Kelinning 28 turdagi mol-mulklari turmush o‘rtog‘ining uyidan olib berildi
D. va X. orzu-umidlar bilan bundan 6 oy oldin turmush qurishdi. Ammo ne bo‘ldiki, oiladagi kelishmovchiliklar sabab birga yashay olmadi. Qiz ota uyiga qaytdi. O‘zi bilan yaxshi niyatlarda olib kelgan mulklarini ham olib ketmoqchi bo‘ldiyu, olib ketolmadi. Qonuniy ajrashmagan bo‘lsada, sudga mol-mulklarini turmush o‘rtog‘ining uyidan olib berish uchun murojaat qildi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining 25.05.2020 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor D.Panjiyevdan X.Ikromova foydasiga 28 turdagi mol-mulklarini olib berish belgilandi.

Majburiy ijro byurosining Qarshi tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan berilgan ixtiyoriy muddat davomida ham, undan keyingi ogohlantirishlardan so‘ng ham qarzdor sud talabini bajarmadi. Shundan so‘ng, joriy yilning 9 sentabr kuni undiruvchining mol-mulklari majburiy tartibda to‘liqligicha olib berildi va ijro hujjatining ijrosi amalda tamomlandi.

Rashid Akramov
MIB Qarshi tuman bo‘limi davlat ijrochisi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kelinning 28 turdagi mol-mulklari turmush o‘rtog‘ining uyidan olib berildi