Toshkentning ayrim hududlari 14—18 sentabr kunlari issiq suv ta’minotida rejali uzilishlar kuzatiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu 2020/2021 yilgi kuz—qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan tasdiqlangan dasturga asosan, 14 sentabrdan boshlab poytaxtdagi Issiqlik markazlari va ularning yo‘nalishidagi quvurlarni yangi mavsumga tayyorlash ishlari olib borilishi bilan bog‘liq.
Xususan, 14—18 sentabr kunlari 7 va 8-Issiqlik markazlarining quyidagi ta’minot yo‘nalishida issiq suv bo‘lmaydi:
7-Issiqlik markazining ta’minot hududidagi:
Qorasuv ko‘chasida;
Beshariq ko‘chasida;
Birlashgan ko‘chasida;
Birlashgan 2-tor ko‘chasida;
Elbek ko‘chasida;
Asalobod ko‘chasida;
Quruvchilar ko‘chasida;
Uysozlar ko‘chasida;
Parkent ko‘chasida;
Cho‘lpon ko‘chasida;
Alimkent ko‘chasida;
Ohangaron shossesi
Tuzel-1, 2, 3, 4 dahalarida;
Uysozlar-1 dahasida
Asalobod-1, 2 dahasida;
Aviasozlar -1, 1a, 2, 3, 4 dahalarida.
8-Issiqlik markazining ta’minot hududidagi:
Yangi Sergeli yo‘li ko‘chasida;
Mehrigiyo ko‘chasida;
So‘g‘diyona ko‘chasida;
Qipchoq ko‘chasida;
Chinor ko‘chasida;
Davlatobod ko‘chasida;
Do‘stlik ko‘chasida;
Mirzo Tursunzoda ko‘chasida;
Jahonaro ko‘chasida;
Qo‘rg‘ontepa ko‘chasida;
Sergeli 1-8A dahalarida;
Yo‘ldosh-1-18 dahalarida;
M-1, 2, 3 dahalarida;
Do‘stlik-1, 2 dahalarida.
Shuningdek, Toshkentda 2020/2021 yilgi kuz—qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan «Toshkent shahar suv ta’minoti» MCHJ tomonidan ham suv o‘tkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika va ta’mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan 14 sentabr soat 09:00 dan 15 sentabr soat 13:00 gacha Mirobod tumanidagi ayrim iste’molchilarga ichimlik suvi ta’minoti to‘xtatiladi:
«Movarounnahr» mahallasida;
«Ming o‘rik» mahallasida;
«Salar» mahallasida
Shimoliy vokzal hududida;
Temir yo‘l prokuraturasi binosida;
Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida;
Amir Temur ko‘chasidagi 29, 30, 43-sonli ko‘p qavatli uylarda;
Turkiston ko‘chasidagi 8, 10, 33, 35, 64-sonli ko‘p qavatli uylarda;
Said Baraka ko‘chasidagi 1, 18-sonli ko‘p qavtli uylarda;
Sodiq Azimov ko‘chasidagi 5, 89, 89/1-sonli uylarda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Global Janub kimniki?
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi