08:00 / 14.09.2020
2 248

Dori vositalarining O‘zbekiston hududiga noqonuniy tarzda olib kirilishining oldi olindi

Dori vositalarining O‘zbekiston hududiga noqonuniy tarzda olib kirilishining oldi olindi
Videodan kadr
Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida dori vositalarini noqonuniy ravishda chegaradan o‘tkazishga urinish holatlari to‘xtatib qolindi. Bu haqda DXX Chegara qo‘shinlari matbuot xizmatiga asoslanib, «Kun.uz» xabar qilgan.

Xabarga ko‘ra, Toshkent viloyati Bekobod tumani hududida Nexia to‘xtatib tekshirilganda mashina ichida Tojikistondan O‘zbekistonga olib kirilayotgan 640 million so‘mlik 4000 dona «Meropenem» dori vositasi borligi aniqlangan.

«DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilarining Davlat bojxona qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Bekobod tumani hududida o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida fuqaro G‘ofurov boshqaruvidagi Nexia to‘xtatib, tekshirildi. Mashina salonidan 640 million so‘mlik 4000 dona «Meropenem» dori vositasi borligi ma’lum bo‘ldi», – deyiladi DXX ma’lumotida.

Dastlabki surishtiruv harakatlari davomida tojikistonlik Shuhrat ismli shaxsga tegishli bo‘lgan mazkur dori vositalari aylanma yo‘llar orqali O‘zbekistonga olib o‘tilgani, G‘ofurov ularni kelgusida sotish uchun Shuhratning Toshkent shahridagi tanishlariga yetkazib berishi rejalashtirgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Sirdaryo viloyatida ham fuqarolar Mamayev hamda Qo‘chqorov davlat chegarasining Sirdaryo tumani «Oq yo‘l» MFY hududidan o‘tuvchi qismidan Qozog‘istonga tibbiy buyumlar va dori vositalarini yashirin ravishda o‘tkazishga uringanida DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi va Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan ushlangan.

Ushbu shaxslardan qariyb 75 million so‘mlik «Tivortin», «Deksametozon» dori preparatlari va boshqa tibbiyot vositalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat bo‘yicha dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dori vositalarining O‘zbekiston hududiga noqonuniy tarzda olib kirilishining oldi olindi