20:02 / 14.09.2020
3 539

DXX Qarshi shahrida uchiga chiqqan firibgarni ushladi

DXX Qarshi shahrida uchiga chiqqan firibgarni ushladi
Ayni kunlarda mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari o‘tkazilayotgan bir pallada Qashqadaryo viloyati markazidagi oilaviy poliklinikada “onkolog” shifokor bo‘lib ishlash bilan bir qatorda, Qarshi davlat Universitetida o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritib, talabalarga saboq berib kelgan shaxs aldov yo‘li bilan o‘zgalarning pul mablag‘ini o‘zlashtirmoqchi bo‘ldi.

Mazkur fuqaro go‘yoki yuqori lavozimda ishlaydigan tanishlari borligini ro‘kach qilib, bir abituriyentni Qarshi davlat Universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 5000 AQSH dollari, ikkinchi abituriyentni M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat Universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 2000 AQSH dollari, jami 7000 AQSH dollari olgan vaqtida DXX Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Ta’kidlash lozimki, muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etganligi uchun 2018 va 2019 yillarda jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi tuman sudining hukmi bilan 2 marotaba sudlangan ushbu fuqaro o‘z xatolaridan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 28,211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX Qarshi shahrida uchiga chiqqan firibgarni ushladi