2 445
O‘zbekistonda yollanma terimchilar paxta davrida kim bilan qanday shartnoma imzolaydi?
Yaqin kunlarda paxta terimi mavsumi boshlanadi. Mana shu davrida ishchilar va ish beruvchilar o‘rtasidagi munosabat qanday bo‘ladi, terimchilar ish haqini kimdan va qay tarzda oladi kabi savollar yuzasidan Davlat mehnat inspeksiyasi bosh davlat mehnat huquqi inspektori Gulruh Niyozmetova javob berdi.
Paxta davrida yollanma terimchilar bilan paxta to‘qimachilik klasterlari yoki fermer xo‘jaliklari o‘rtasida fuqarolik huquqiy shahrtnoma yoki mehnat shartnomasi tuziladi. Paxta to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklarida doimiy ishlab kelayotgan ishchilar bilan ham qo‘shimcha mehnat shartnomasi tuzilishi mumkin. Fuqarolik huquqiy shartnoma imzolangan kundan e’tiboran kuchga kiradi va paxta terimi mavsumida amal qiladi.
Mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga yoki muayyan muddatga tuzilishi mumkin. Terimchi fuqarolik huquqiy tusdagi shartnomani istalgan vaqtda o‘z ixtiyoriga ko‘ra bekor qilishi mumkin. Mehnat shartnomasini bekor qilish Mehnat kodeksidagi umumiy asoslarga asosan amalga oshiriladi. Fuqarolik huquqiy shartnoma yoki mehnat shartnomasi ikki nusxada tuziladi, biri terimchida bo‘lsa, ikkinchisi fermer xo‘jaligi klasterida saqlanadi.
Terimchilar paxta terimiga o‘z xohishiga ko‘ra jalb qilinishi kerak. Bunda paxtaga jalb qilinayotgan fuqarolariga paxtaga chiqish bo‘yicha barcha mehnat sharoitlari, ya’ni paxta puli, yotoq joyi, ish haqining berilish tartibi va boshqalar tanishtirilishi kerak. Ishsiz fuqarolardan tashqari budjet tashkilotlarida ishlovchi xodimlar ham ishdan bo‘sh vaqtlarida, ya’ni shanba va yakshanba kunlari qo‘shimcha daromad topish maqsadida faqatgina o‘z xohishlariga ko‘ra paxta terimida ishtirok etishlari mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi